Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavsumiy ishlarga jalb qilingan fuqarolarning ish haqi undirib berildi
14:43 / 2022-02-22

Bekzodjon Jo‘raqulov Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Miyonqol” mahallasida yashaydi. Navoiy viloyat hududiy “Chorvanasl” markazida haq to‘lanadigan jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mavsumiy texnik osmenator vazifasida ishlab kelgan.

Ammo fuqaroga belgilangan tartibda ish haqi to‘lanmagan. Natijada u oylik ish haqlari berilmayotganidan norozi bo‘lib tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

O‘rganishlar davomida Navoiy viloyat hududiy “Chorvanasl” markazi hamda Xatirchi tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 2021 yil 4 yanvarda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish bo‘yicha 2021 yil 31 dekabr sanasiga qadar shartnoma tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra markaz har oyning 5-sanasiga qadar o‘tgan oy uchun jamoat ishlarida qatnashgan fuqarolarga to‘lanishi lozim bo‘lgan ish haqi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyin ish beruvchining hisob raqamiga o‘tkazib berish ko‘rsatilgan. Biroq tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan “Chorvanasl” markaziga yollanib ishlovchilar uchun belgilangan pul mablag‘lari o‘tkazib berilmagan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 20 apreldagi 01/00-03/14-4362-sonli xatiga asosan, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga mart-aprel oylarida texnik osmenatorlar uchun ish haqlari “Chorva nasl” markazlari tomonidan to‘lab berilishi belgilanganligi sababli 2021 yil mart oyidan boshlab Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ish haqlari moliyalashtirib berilmaganligi to‘g‘risida javob xati berilgani ma’lum bo‘ldi.

– Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandida “O‘zbekchorvanasl” agentlikning bosh direktori Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Chorvanasl” markazlari direktorlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda har yili naslchilik ishi va sun’iy urug‘lantirishni tashkil qilish uchun 1 500 tagacha ishchilarni shartnoma asosida jalb qilish vakolati berilgan, – deydi Xatirchi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Zafar Nasimov. – Jalb qilinadigan ishchilar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan 12 oylik shartnoma asosida ishsizlar va band bo‘lmagan shaxslar sifatida jamoat ishlariga jalb qilinishi va ularning ish haqi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan. O‘rganish jarayonida Xatirchi tuman adliya bo‘limi mazkur yo‘nalishdagi yana 20 ta murojaatni qabul qildi.

Yakunda qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra adliya bo‘limining sudga Navoiy viloyat hududiy “Chorvanasl” markazi Xatirchi tuman filialida ishlab ketgan xodimlar manfaati uchun kiritgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, 20 nafar fuqaroga 80 million so‘mga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA