Mavsumiy ishlarda ishlash uchun yana 90 nafar yurtdoshimiz Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasi, Yanggu okrugi administratsiyasi o‘rtasida mavsumiy ishchilar to‘g‘risida ilk marotaba tuzilgan kelishuvga asosan 2021 yil 16-17 mart kunlari Namangan viloyatida Koreya Respublikasi Yanggu okrugi hududida 5 oylik mavsumiy ishlarda (Ye-8 vizasi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Koreya Respublikasi kompaniyasi vakillari tomonidan tanlov o‘tkazilgan edi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning dastlabki guruhi, ya’ni 63 nafari 28 aprel kuni ushbu davlatga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi.
5 may kuni yana 90 nafar fuqaro Toshkent xalqaro aeroportidan charter reys orqali Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketdi.