Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavsumga tayyorgarlik jamoatchilik e’tiborida
16:02 / 2025-12-18

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan respublika bo‘ylab ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz–qish mavsumiga belgilangan tartibda tayyorgarlik ko‘rish holati yuzasidan jamoatchilik nazorati doirasida monitoring tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur monitoring davomida ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega muassasalarda mavjud sharoitlar, ayniqsa, mavsumda aholi va xodimlar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi o‘rganilmoqda. Ushbu tadbirlarining asosiy maqsadi – aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, belgilangan me’yor va talablarning to‘liq bajarilishini ta’minlashdan iborat.

Jumladan, Nukus innovatsion texnologiyalar instituti hamda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutlarida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida o‘quv xonalaridagi harorat, isitish tizimlarining ishlash darajasi, qozonxonalarning texnik holati va ularning zarur sifati, shuningdek, ta’lim muassasalari binolarining boshqa muhim jihatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Monitoring jarayonida mas’ul shaxslarga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni yanada kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sanitariya–gigiyena va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.  

Bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u ijtimoiy soha ob’ektlarida aholi manfaatlarini himoya qilish, ularga qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri