Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavsumga puxta tadorik
15:45 / 2015-11-06

Prezidentimizning joriy yil 7-iyuldagi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori asosida Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rildi.

Prezidentimizning joriy yil 7-iyuldagi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori asosida Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rildi.

– Viloyatdagi 116 kasb-hunar kolleji va 5 akademik litsey binolaridagi singan oynalar to‘liq yangisiga almashtirildi, – deydi viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Karomat Ashurov. – Inshootlarning 1 ming 124 kvadrat metr tom qismi hamda issiqlik uzatish va suv tarmoqlari ta’mirlandi. Uzun, Jarqo‘rg‘on agrosanoat, Denov iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish, Sho‘rchi, Qiziriq qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik, Oltinsoy transport va aloqa, Termiz arxitektura va qurilish, Sherobod iqtisodiyot kasb-hunar kollejlarida mavjud isitish qozonlari o‘rniga zamonaviy qozonlar o‘rnatildi.

Jarqo‘rg‘on qurilish va gidrotexnika kasb-hunar kollejida 8 yo‘nalish bo‘yicha 1 ming 335 yigit-qiz tahsil olmoqda. Ularning uch yuz nafari joriy yilda o‘qishga qabul qilingan. Yangi o‘quv yili oldidan mukammal ta’mirdan chiqarilgan kollejda qish mavsumi uchun yaratilgan sharoitlardan pedagoglar ham, bo‘lg‘usi yosh mutaxassislar ham mamnun.

– Bunday qulayliklar ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, yuksak salohiyatli mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi, – deydi Jarqo‘rg‘on qurilish va gidrotexnika kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Gulmurod Mardayev. – Bu yil kollejni mukammal ta’mirlash jarayonida qish mavsumiga ham barcha qulaylik yaratildi. O‘quv xonalari va ustaxonalar yorug‘, issiq, ozoda.

Uzun, Boysun, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Qiziriq tumanlarining tog‘li chekka qishloqlaridagi ta’lim maskanlarida ehtiyojga yarasha yoqilg‘i zaxirasi g‘amlanib, isitish pechlari mavsumga taxt qilib qo‘yildi.