Mavsumga hozirlik qizg‘in
Farg‘onada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi, sohada uchrab turgan ayrim muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Farg‘onada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi, sohada uchrab turgan ayrim muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 1-iyulda qabul qilingan iqtisodiyotimiz tarmoqlarini 2014-2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida Farg‘ona shahrida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shahardagi 1204 ko‘p qavatli uylarga 102 xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda 7 boshqaruv kompaniyasi xizmat ko‘rsatayotir. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 78 ko‘p qavatli uyning tom qismi, 70 dan ortiq uyning issiqlik tizimi ta’mirlandi. Ko‘p qavatli uylarning sovuq suv va oqova suv tizimini ta’mirlash, yerto‘lani tozalash, hududlarni obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
Ta’lim va tibbiyot muassasalarida issiqlik tizimlari ta’mirlanib, ko‘mir zaxirasi yaratilmoqda. Tabiiy gaz ta’minoti yetarli bo‘lmagan xonadonlarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilayotir.
Yig‘ilishda shahardagi iqtisodiyot tarmoqlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini mavsumga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, hali-hamon uchrab turadigan ayrim kamchiliklar muhokama etilib, tegishli tadbirlar belgilandi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.