Mavsumda muammo bo‘lmaydi
Jizzax viloyati Yangiobod tumani elektr tarmoqlari korxonasida qish mavsumida elektr ta’minotida uzilishlarning oldini olish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jizzax viloyati Yangiobod tumani elektr tarmoqlari korxonasida qish mavsumida elektr ta’minotida uzilishlarning oldini olish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ushbu maqsadda 7 transformator mukammal, 75 transformator joriy ta’mirlandi. Simyog‘ochlarni sozlash, nosoz elektr simlarini yangilash ishlari yakuniga yetkazildi. Korxona jamoasi tumandagi 258 ulgurji iste’molchi va to‘rt yarim mingdan ortiq xonadonga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.