Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavsum boshlanishiga oz qoldi
12:28 / 2025-08-16

Bu yil Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi 2 ta klaster korxonasi hamda 171 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 4 ming 460 gektar maydonda 13 ming 426 tonna qimmatbaho sanoat xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Paxta hosilining salmoqli qismini texnika vositalari orqali yig‘ishtirib olishga alohida e’tibor qaratilgan.

Shu maqsadda “Ark eko tekstil klaster” MCHJ tomonidan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan qiymati 3 milliard 200 million so‘m bo‘lgan “FM WORLD” rusumli paxta terish mashinasi xarid qilindi. Mazkur terim mashinasi bir vaqtning o‘zida 4 qator paxtani terish imkoniyatiga ega. Mashinada bir kunda kunda 40 tonnagacha paxta terish imkoni mavjud. Eng muhimi, an’anaviy terim mashinalaridan farqli ravishda paxtani toza teradi. 

Viloyat hokimi Botir Zaripov hududga tashrifi chog‘ida mazkur terim mashinalarining imkoniyatlari bilan tanishdi. Agrar sohaga keng targ‘ib qilinayotgan klaster tizimining ajralmas bo‘lagi sifatida qaralayotgan bu terim mashinalarining viloyatga keltirilishi paxta terishda qo‘l mehnatidan voz kechish yo‘lida qo‘yilgan katta qadamlardan ekanligini ta’kidladi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.