English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavsum betalofot o‘tadi
16:31 / 2021-11-30

Andijon avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi tomonidan press-tur va brifing o‘tkazildi. Tizim mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat, nodavlat tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari, blogerlar ishtirokidagi tadbirda dastlab «Andijonyo‘lko‘kalam» unitar korxonasiga tegishli Paxtaobod tumanidagi manzarali ko‘chatlar yetishtirish maskanida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shundan so‘ng Paxtaobod tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, shuningdek, korxonaning qum-tuz zaxirasi joylashgan mexanizatsiya bazasi faoliyati o‘rganildi.

Qishning sovuq va qorli kunlarida ko‘chalarga qum-tuz aralashmasini sepish, yo‘llarda avtomobil qatnovini ta’minlash borasidagi ishlar qay tartibda bajarilishi yuzasidan ishtirokchilarga batafsil tushuncha va ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng Andijon avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi axborot xizmati tomonidan Andijon viloyatida avtomobil yo‘llari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.

Brifingda boshqarma axborot xizmati rahbari Sojida Saidova joriy yilning o‘tgan davrida avtomobil yo‘l sohasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi tomonidan joriy yilda belgilangan dasturlar va topshiriqlar asosida turli manbalar hisobidan 433 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi hisobiga 1 ming 648,2 kilometr avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda hozirgi kunga qadar 384 milliard 300 million so‘mlik ishlar bajarilgan. 1 ming 638,7 kilometr masofadagi yo‘llar holati yaxshilanganligi va mazkur yo‘llar foydalanishga topshirilganligi qayd etildi.

Bundan tashqari, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida 191,8 kilometr yo‘lda shag‘allash, 67,2 kilometr yo‘lda asfaltlash ishlari amalga oshirilib, jami 259 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlanganligi aytib o‘tildi.

 

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA