French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavsum betalafot o‘tadi
08:41 / 2025-11-04

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi. Tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi xonadonlarining mavsumga tayyorgarlik holati hamda gaz, suv va elektr ta’minoti tizimlarida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishildi.

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida tumanda 2 kilometr gaz tarmog‘i rekonstruksiya qilindi, 3 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi, 188,3 kilometr yer osti quvurlari tekshirildi va 1506 ta xonadon 2-bosqichli gaz ta’minoti tizimiga o‘tkazildi. 34 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i ta’mirlanib, yangi suv inshootlari qurildi. Elektr ta’minotida 48,9 kilometr tarmoq tortildi, 13 ta transformator va 876 ta tayanch ustun o‘rnatildi.

Ijtimoiy soha ob’ektlarida isitish tizimlari va elektr uskunalari to‘liq tekshirilib, doimiy nazorat o‘rnatilgan. Joriy mavsumda muassasalarga 6809 tonna va aholi xonadonlariga 13305 tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 6057 tonnasi yetkazilgan.

[gallery-26060]

Favqulodda vaziyatlar xizmati tomonidan xavfsizlik choralari kuchaytirilib, gaz, suv va elektr tarmoqlarining holati muntazam nazorat qilinayotgani ta’kidlandi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA