Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavluda Asqarxo‘jayeva: Maktabgacha ta’lim sohasida korrupsion holatlar hamon bor
17:03 / 2021-06-30

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Maktabgacha ta’lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi «Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bolalarni boshlang‘ich ta’limga bepul majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan yoki ularda tayyorlov guruhlarini tashkil etish uchun yetarli sharoit bo‘lmagan taqdirda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, kollejlar, «Barkamol avlod» markazlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablarida, shuningdek, boshqa mos bino hamda inshootlarda tashkil etilishi belgilangan. Tayyorlov guruhlari uchun o‘quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi va keyingi yilning 25 mayida tugaydi.

Joriy yilning ayni paytiga qadar vazirlik tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 593 ta, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1 ming 523 ta, mahalla fuqarolar yig‘inlarida 26 ta, kasb-hunar kollejlarida 191 ta, boshqa mos bino-inshootlarda 8 ta, jami 2 ming 341 ta bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, ularga 62 ming 368 nafar bola qamrab olingan.

2020-2021 o‘quv yili davomida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari, to‘liq kunlik tayyorlov guruhlari va qisqa muddatli tayyorlov guruhlarida 6 yoshli bolalar bevosita maktabga tayyorlov bosqichidan o‘tdi. O‘quv yili davomida ular bilan «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi va «Ilm yo‘li» variativ o‘quv dasturi asosida ta’lim-tarbiya ishlari olib borildi.

Vazirlik matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayevaning ta’kidlashicha, amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birgalikda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham talaygina. Sohada korrupsion holatlar hamon uchramoqda. Mazkur qonun buzilishlarning oldini olish uchun hududlarda audit tekshiruvlar yo‘lga qo‘yilgan.

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA