Ustozlik martabasi eng buyuk maqomdir. Zero, bashariyatning eng afzal vakillari bo‘lmish payg‘ambarlar ham ustoz, muallim qilib yuborilganlar. Mana shuning o‘zi ham ustozlik naqadar yuksak martaba ekanligini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, o‘zgalarga ilmu ma’rifat ziyosini tarqatish benihoya ulug‘ va savobli amal. Bu vazifaga mutasaddi bo‘lgan kishining darajasi ham mislsizdir.
Ustozlar jamiyatimizga suv va havodek zarurdir. Bu muhtaram zotlarni bamisoli atrofga o‘z nurini sochayotgan quyoshga o‘xshatsak bo‘ladi. Quyoshning nuridan barcha mavjudot foydalanganidek ularning ma’rifat ziyolaridan butun bashariyat naf oladi. Olamni quyoshsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek jamiyatni ham bu ulug‘ zotlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
25 may kuni yurtimiz bo‘ylab barcha ta’lim maskanlarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari keng nishonlanadi. Ushbu sana arafasida "O‘zbegoyim" loyihasiga aynan shunday sharafli va mas’uliyatli kasbga umrini bag‘ishlagan, millionlab o‘quvchilarning sevimli ustoziga aylangan, 42 yil davomida o‘qituvchilik qilib kelayotgan Mavjuda opa Isamuhammedovani taklif qildik. Suhbatimiz davomida o‘qituvchilik mas’uliyati, fidoiyligi, qiyinchiliklari, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hurmat va e’tibor munosabatlarining sir asrorlari haqida suhbatlashdik.
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/I8Zsrdn4FGw" title="Mavjuda Isamuhammedova:Ustozlik —masʼuliyat va fidoyilik talab qiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA