Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matyoqub Qo‘shjonov: “Yurak dardi”
10:49 / 2025-12-31

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida yangi kitob

Atoqli olim, adabiyotshunos va adib Matyoqub Qo‘shjonovning “Yurak dardi” nomli roman-xotira kitobi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashrdan chiqdi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanib, omonsiz janglarda ishtirok etgan bo‘lajak olim “Aql bovar qilmas ko‘rgiliklarga duch keldim, mudhish jinoyatlarga guvoh bo‘ldim, yovuz dunyo bilan yuzlashdim...” deya eslaydi o‘sha damlarni.

Snayper – jangchi, atoqli munaqqid va yozuvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ko‘plab davlat mukofotlari, orden va medallar sohibi, akademik Matyoqub Qo‘shjonov qalamiga mansub ushbu roman hayot atalmish buyuk ne’mat tabiatiga mutlaqo zid bo‘lgan beshafqat urushlar, xunrezliklar oqibatini haqqoniy lavhalarda ochib bergan badiiy asar sifatida o‘quvchiga unutilmas taassurot qoldiradi. 

Kitobga adibning farzandlari  Qudrat Qo‘shjonov “Otam yuragida qolib ketgan dard” nomli kattagina so‘zboshi yozgan.

Adibning o‘zi esa ushbu roman haqida shunday yozadi: 

“Avlodlarga saboq bo‘lsin uchun ushbu kitobga ayni yigitlik chog‘imning to‘rt yilini shu olovli urush ofati ichra o‘tkazib, ko‘rgan-kechirganlarimini xatga soldim. Bu bayon qilingan voqealar dahshatli urush yillari boshimdan o‘tkazganlarimning ayrim zarralari, xolos. O‘sha kezlar “Keng va bepoyondir mening vatanim” degan qo‘shiq bo‘lardi. Insoniyat boshiga tushgan fashizm balosini shu bepoyon vatan qudrati bir bilak, bir musht bo‘lib birlashibgina daf qila olganini unutmasligimiz kerak”.

 Atoqli munaqqid, adabiyotshunos olim, adib roman-xotirani “Ogoh bo‘ling, odamlar!” da’vati bilan yakunlaydi.

Bu da’vat to insoniyat bor ekan, quloqlar ostida yangrab turgusi.

Matyoqub Qo‘shjonovning “Yurak dardi” roman-xotarasini, albatta, o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA