Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matonatli yoshlarni sportga jalb qilish –ustuvor vazifa
13:05 / 2024-02-03

Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan insonlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni ommaviy sport mashg‘ulotlari bilan qamrab olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan imkoniyati cheklangan insonlarni sport mashg‘ulotlariga jalb etish, iroda sohibi bo‘lgan yoshlarni paralimpiya sport turlariga yo‘naltirish borasida o‘tgan yillar davomida izchil ishlar amalga oshirildi. Yuzlab matonatli sportchilar xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Matonat va iroda timsoli bo‘lgan imkoniyati cheklangan yoshlarni sport mashg‘ulotlari bilan qamrab olish, ularni para sport turlariga tanlash, saralash borasida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan hududlarda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Jizzax viloyatida o‘tkazildi. Viloyatdagi sport ta’lim muassasalari mutaxassislari, tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasining tuman va shahar bo‘limlari mas’ullari ishtirokida o‘tgan tadbirlarda hududdagi sport ta’lim dargohlarida, belgilangan maskanlarda iroda sohibi bo‘lgan yoshlarni sport bilan qamrab olish holatlari o‘rganildi.

Viloyatda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish holatini tanqidiy ko‘rib chiqish jarayonida sport ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan yoshlarni qamrab olishda past natija ko‘rsatgan mas’ullarga nisbatan choralar ko‘rildi. Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi tuman va shahar bo‘limlarining sport ta’lim muassasalari bilan hamkorligini mustahkamlash borasida mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA muxbiri