Matonatli sportchimiz Peruda "Parij–2024" yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Peru poytaxti Lima shahrida para o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida hamyurtimiz Shahnoza Mamajonova "Parij-2024" yozgi Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Matonatli sportchimiz ayollar o‘rtasida P2 klassida 10 metr masofaga to‘pponchadan otish bahslarida 5-o‘rinni egalladi. Shahnoza ushbu natija orqali Osiyo sportchilari o‘rtasida eng yaxshi ko‘rsatkichga erishdi.

Jahon chempionatining ertangi kungi dasturida erkaklar o‘rtasida P1 klassida 10 metr masofaga to‘pponchadan otish musobaqasida terma jamoamiz a’zolaridan Aziz Ibragimov yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Musobaqalar 29 sentyabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA