Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matonatli sportchilarimiz Kanadada
14:51 / 2022-08-03

Bugun, 3 avgust kuni Kanadaning Galifaks shahrida para kanoe bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi.

O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur chempionatda Dilshod Yo‘ldoshev hamda Artyom Karmeyev boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar matonatli sportchilari qatnashmoqda.

Musobaqaning dastlabki kunida 2 nafar hamyurtimiz bellashuvlarda ishtirok etishga hozirlik ko‘rmoqda. Jumladan, ayollar o‘rtasida VL3 klassida Muxlisa Eshmirzayeva hamda erkaklar o‘rtasida KL3 klassida Hasan Qo‘ldoshev medallar uchun kurash olib boradi.

Muxlisa Eshmirzayeva saralashda Braziliya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yaponiya hamda Kanada vakillari bilan, Hasan Qo‘ldoshev Italiya, Polsha, Avstraliya, Yaponiya, Nigeriya va chililik sportchilar bilan bahslashadi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarmiz ishtirokidagi musobaqalar chempioatning kechki dasturidan o‘rin olgan.

Jahon chempionati 7 avgustgacha davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA