Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matonatli sportchilarimiz IBSA jahon o‘yinlarida qatnashmoqda
17:19 / 2023-08-21

Angliyaning Birmingem shahrida zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasida IBSA jahon o‘yinlari boshlandi.

IBSA o‘yinlarining ilk bahslarida para shaxmatchilar kuch sinashmoqda. 7 turdan iborat "aql gimnastikasi” musobaqalarida dunyoning turli davlatlaridan 20 nafardan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.  

Birinchi turda hamyurtimiz Ahadxon Kimsanboyev ruminiyalik raqibi Bursuk Mixaiga qarshi dona surdi va g‘alaba qozondi.    

Yana bir hamyurtimiz Rayxona Sharofova chexiyalik tajribali shaxmatchi Polmar Josefga qarshi oq donalarda harakat qildi. Shiddatli o‘tgan musobaqada durang natija qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz 27 avgustga qadar davom etadigan mazkur o‘yinlarda mamlakatimiz para shaxmatchilari va para dzyudo vakillari ishtirok etmoqda.    

T.Ro‘ziyev, O‘zA