Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matonatli sportchilar qatnashayotgan musobaqada yoshlarning mahorati oshadi
13:51 / 2021-11-13

Toshkent viloyatidagi eshkak eshish bazasida mexanik snaryadlarda para-akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatining ayrim yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 70 dan ziyod sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqa yangi mavsum oldidan terma jamoa murabbiylari uchun asosiy tarkibni shakllantirish yo‘lida saralash vazifasini bajarib berdi.

Bahslarda Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari Otabek Qo‘chqorov va Feruza Bo‘riboyeva ham ishtirok etganligi yosh sportchilarning mahorati oshishiga xizmat qildi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Murosasiz bahslar natijasiga ko‘ra, para-akademik eshishning PR 2 yo‘nalishida O.Qo‘chqorov 1-o‘rin, X.Ne’matov va K.Suyunov keyingi pag‘onalardan joy oldi. PR 3 yo‘nalishida esa M.Sulaymonov, A.Abdurahmanov va R.Jo‘rayev sovrinli o‘rinlarni band etdi.

Bugun, 13 noyabr kuni O‘zbekiston chempionatining bir qator yo‘nalishlarida g‘oliblar aniqlanadi. Musobaqalar jarayonida murabbiylar uchun o‘quv seminar mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA