Matonatli shaxmatchilarimiz Belgradda medalli bo‘ldi
Serbiyaning Belgrad shahrida eshitishda nuqsoni bor insonlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida mamlakatimizning matonatli sportchilari munosib natijaga erishdi.
Dunyoning 26 ta davlatidan shaxmatchilar qatnashgan chempionatning kattalar o‘rtasida kechgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, hamyurtimiz Abdug‘affor Odilboyev sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.
O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda yetakchilik qilgan o‘zbekistonlik Marsel Shoyusupov 9-turdagi o‘yinlar holatida 8 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rindan joy oldi. O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan yana bir hamyurtimiz Sardor Turg‘unboyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA