Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matonatli shashkachilarimiz jahon chempionati g‘olibligiga erishdi
09:01 / 2024-06-02

Turkiyaning Antaliya shahrida shashka bo‘yicha ko‘zi ojiz hamda ko‘rish qobiliyati zaif sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida mamlakatimizning matonatli va irodali shashkachilari muvaffaqiyatga erishdi.

10 ta davlatning 200 nafarga yaqin shashkachilari qatnashgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Jahon chempionati musobaqalarida 14 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston shashkachilar jamoasi poytaxtimizdagi “Islom Karimov” nomidagi xalqaro aeroportda Sport vazirligi, O‘zbekiston shashka federatsiyasi hamda tegishli tashkilot mutaxassislari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali kutib olindi.

T. Ro‘ziyev. O‘zA