Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Matonat timsollari” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
13:18 / 2026-03-04

Joriy yilning 15-fevralidan 15-martiga qadar mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan “Matonat timsollari” mavzusida ijodiy muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur tadbir xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, ularning ko‘p yillik samarali mehnatini e’tirof etish hamda yosh avlodni fidoyilik va matonat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuvda kino sohasining atoqli vakili, o‘zbek dublyaj san’atining yetuk namoyandasi — O‘zbekiston xalq artisti, mohir aktrisa Mukambar Rahimova ishtirok etdi.

Ustoz san’atkor Mukambar Rahimova betakror ovoz, yuksak mahorat sohibasi sanaladi. Ayni paytda Mukambar opa yoshlarning talabchan va mehribon ustozi hamdir. San’atkor ovoz bergan filmlarning aksariyati kino muxlislarining qalbidan chuqur o‘rin egallagan.  

Tadbir davomida san’atkor o‘zining ijodiy faoliyati, kino va dublyaj san’atidagi tajribasi, sahna ortidagi mashaqqatli, ammo sharafli mehnat yo‘li haqida batafsil fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, ayol ijodkor sifatida kasbga sadoqat, matonat va mas’uliyatning ahamiyati xususida so‘z yuritib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.  

Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, ustoz san’atkorning hayotiy tajribasi, sabr-toqat va fidoyilik haqidagi fikrlari barchaga ilhom bag‘ishladi.

“Matonat timsollari” uchrashuvi “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning uzviy davomi sifatida xotin-qizlarni ulug‘lash, ularning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rnini e’tirof etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.                               

N.Usmonova, O‘zA muxbiri