Yurtimizda paralimpiya sport turlari qamrovini kengaytirish, ayniqsa jamoaviy sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan belgilangan chora-tadbirlar asosida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Matonat va iroda timsoli bo‘lgan imkoniyati cheklangan insonlar, xususan xira va zaif ko‘ruvchi hamda ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasida golbol bo‘yicha ilk bor tashkil etilgan O‘zbekiston chempionatida 10 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Murosasiz kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblik Toshkent shahri jamoasiga nasib etdi. Kuchli uchlikdan esa Toshkent hamda Qashqadaryo viloyati jamoalari joy oldi.
G‘olib va sovrindor jamoalar Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi tomonidan medal, maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi, deyiladi Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
T.Ro‘ziyev, O‘zA