Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matonat sohiblari ommaviy sportga jalb etilmoqda
12:03 / 2022-06-01

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlarni paralimpiya sport turlariga jalb qilishda mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bu borada mahalla yoshlar yetakchilarining ko‘magida joylarda “Besh tashabbus olimpiadasi” para sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Mazkur sport musobaqalarining tuman, shahar bosqichlari “Katta g‘alabalarni his et!” shiori ostida o‘tkazilmoqda. 

Ana shunday sport tadbirlari Andijon va Namangan viloyatlarida tashkil etildi. Jumladan, Andijon shahridagi 83 ta mahalladan sportga ishtiyoqi baland bo‘lgan 116 nafar matonatli yoshlar para dzyudo, para badminton, para stol tennisi, para suzish, para taekvondo, para shaxmat, para pauerlifting va para yengil atletika sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. 

Namangandagi matonatlilar bahsida esa 58 ta mahallaning 150 nafarga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlari o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi. 

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Zomin tumanida o‘tgan “Matonat oromgohi” yurtimizdagi 200 ga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlarni birlashtirdi va ularga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. 

– “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda “Matonat oromgohi” tadbirlari rejaga asosan yoz oyi mobaynida davom etadi. Maqsad yurtimizdagi jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lganlarni ommaviy sport tadbirlariga keng jalb etish asnosida para sport turlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni saralash, — deydi Milliy paralimpiya qo‘mitasi bo‘lib boshlig‘i Anvar Mirsakulov 

T.Ro‘ziyev,  O‘zA