Matonat: ko‘zi ojizlar qanday qilib kitob o‘qiydi? (+video)
Inson qalbi hamisha ziyoga talpinib yashaydi. Ziyo ulashishda eng afzal vosita esa hech shubhasiz, kitobdir. Dunyo faqat moddiyatdan, ko‘z bilan ko‘riladigan narsalardangina iborat emas. Unda his etiladigan ne’matlar ham shu qadar ko‘pki, ba’zan ular e’tiborimizdan chetda qoladi.
Kitobxonlikni keng targ‘ib etish bugungi kunda ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining: “kerak bo‘lsa, farzandlarimizga mashina berib kitob o‘qitamiz” , degan so‘zlari buning yorqin ifodasidir.
Mamlakatimizda ko‘rish nuqsoni bilan yashovchilar ham talaygina. Shu o‘rinda: “ko‘zi ojizlar qanday qilib kitob o‘qiydi” , degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Ushbu savolga batafsil javob olish maqsadida Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Mazkur kutubxona ko‘zi ojizlarning kitob o‘qishi uchun ziyo maskani vazifasini o‘tab kelmoqda.
Batafsil quyidagi videohavolada.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2aLH3p-6AzA" title="Matonat: ko‘zi ojizlar qanday qilib kitob o‘qiydi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sherbek Islomov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), Oybek Davronov (montaj), O‘zA