French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matonat kasb tanlamaydi!
12:24 / 2026-03-06

Ayol – Yaratganning nozik xilqati, bir tomondan nazokat timsoli bo‘lsa, ikkinchi tomondan jamiyatga eng ta’sirli qudrat. Oiladagi muhit, farzandlar tarbiyasi oiladagi ayolga bog‘liq.

Ayol bir zumda qushdek chaqnasa, birpasda anglab bo‘lmaydigan tushkunlik qurshovida qoladi. Ayolning mardligiyu, matonati ba’zan esa erkaklarnida qoyil qoldiradigan shijoati bor.

Qahramonimiz Nargiza Qulmatova ham ana shunday matonatli, hayot sinovlarida toblangan, shijoat egasidir.

U 2016-yilda Toshkentga ko‘chib kelib, 2020-yildan buyon chiqindi yig‘ish shoxobchasida mehnat qilmoqda. 

U o‘z ishidan uyalmaydi, aksincha, halol mehnati bilan uyining yarim kreditini to‘laganidan, kelin olib, to‘ylar qilganidan faxrlanadi. Nargiza opa farzandlariga halol mehnat qilayotganini va buning savobi kattaligini tushuntirgan.

–Oson ishning o‘zi yo‘q, lekin bu ishim menga yoqadi, – dedi N.Qulmatova. – Men va menga o‘xshaganlarga “musorchi” emas, “tozalovchi” deb murojaat qilishlarini xohlar edim. Sababi, kasbim yuzasidan ko‘p kamsitishlarga uchraganman. Katta o‘g‘lim maktabda o‘qib yurgan paytlarda "seni onang musorchi", deb kamsitishganda yig‘lab yonimga kelgan kunlari ham bo‘lgan. Shunda o‘g‘limga aytganman. "Bolam gapirsa gapirar ular, bu halol mehnat, buning savobi katta", deb tushuntirganman. Hozir bolalarim ham or qilishmaydi, yonimda turib birgalikda ular ham shu mehnatni qilishadi.  

Qahramonimiz Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda davlatimiz tomonidan imtiyozli kredit asosida uy berilgandan so‘ng u Toshkent shahriga kelib faoliyatini boshlagan.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA