Matn yaratish va tahrir qilishda sun’iy intellekt imkoniyati
Vazira Xusan qizi ABDYUJANOVA katta o‘qituvchi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari jamiyatning deyarli barcha sohalariga kirib bormoqda. Ularning ta’siri, ayniqsa, axborot bilan ishlashda, xususan, matn yaratish va uni tahrir qilish jarayonlarida sezilarli darajada kuchaymoqda. Sun’iy intellekt yordamida matnni tahlil va tahrir qilish, hatto avtomatik tarzda yaratish imkoniyatlari paydo bo‘lmoqda. Ushbu maqolada matn tahririda SI texnologiyalarining imkoniyatlari va ularning amaliy qo‘llanilishi yoritib beriladi.
Tayanch so‘zlar: matn, tahrir, sun’iy intellekt, “Tahrirchi.uz”, “Matn.uz”, ChatGPT, matnni tahrir qiluvchi tizimlar.