English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Matiz» avtomashinasi jarima maydonchasida
16:01 / 2021-11-14

Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati Buxoro tumani bo‘limi ish yurituvida viloyati IIBB YHXB tomonidan qarzdor X.G‘aniyevadan davlat foydasiga jami 5 ta qoidabuzilishidan 3 million 53 ming so‘mlik ma’muriy jarimalar undirish to‘g‘risidagi qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.

–Qarzdor ixtiyoriy muddatda ma’muriy jarimalar summasini o‘z vaqtida to‘lamagan. Qarzdor X.G‘aniyeva bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, hech qanday uzrli sabablarni ko‘rsatmasdan, ijro harakatlarini bajarishga qarshilik ko‘rsatib keldi, – deydi Byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi qidiruv inspektori Jahongir Boboqulov. – Shu sababli, mulkiy xuquq asosida qarzdor X.G‘aniyevaning nomida bo‘lgan “Matiz Best” avtotransport vositasiga qidiruv  e’lon qilindi. Qidiruv natijasida avtomashina topilib, xatlandi va jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Zarif Komilov, O‘zA