Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matematikada oltin natija: O‘zMU talabasi xalqaro olimpiada g‘olibi
14:15 / 2026-01-15

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetining “Matematika” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Abduvahhob Ashirov “RUDNMATH OLYMP-2025” III xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etdi.

Bellashuv Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida bo‘lib o‘tdi. Talabamiz yakka tartibda 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibi bo‘ldi.

Olimpiadada O‘zbekiston, Rossiya, Turkmaniston, Eron, Xitoy, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi 19 mamlakatdan 900 nafardan ortiq talabalar qatnashdi.

Ushbu yutuq yoshlarni aniq fanlarga jalb etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar samarasidir.

N.Rahmonova, O‘zA