English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matbuot xizmati rahbarlari malaka oshirdi
19:53 / 2023-05-18

Andijonda tuman, shahar hokimliklari matbuot xizmatlari rahbarlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali hamda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati hamkorligida o‘tkazilgan o‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” gi qonuni mazmun-mohiyati va davlat fuqarolik xizmatchisining odob-ahloq qoidalariga amal qilishi, jurnalist etikasi, shuningdek, matbuot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish xususida atroflicha fikr almashildi.  

Tuman, shahar hokimliklari matbuot xizmatlari rahbarlarining bilim va malakasini oshirish, ularni jurnalist etikasi va amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminar ochilishida so‘z olgan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali rahbari Muhitdin Kuldashev, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Zohidjon Tojiboyev o‘quv-seminarning maqsadi, tuman, shahar hokimliklari matbuot xizmatlari faoliyati, hokimliklar saytlari, turli ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarining yuritilishi, ularning yutuq, muammo va kamchiliklari haqida gapirdi.  

O‘quv-seminarda “Diydor” radiosi muharriri Baxtiyor Mo‘minovning “Matbuot xizmati xodimining axborot tarqatish qoidalariga amal qilishi va jurnalist etikasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati boshlig‘i Sevara Zokirovaning “Zamonaviy media muhit: davlat xizmatchilari va ommaviy axborot vositalari”, O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Andijon viloyati fotomuxbiri Zuxriddin Umrzoqovning “Fotojurnalistika yo‘nalishi metodlari” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.  

[gallery-11939]

Ishtirokchilar tomonidan ma’ruzalar hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

– O‘quv seminari davomida faoliyatimizga oid ko‘p narsalarni o‘rgandik, keng ma’lumotlar oldik, – deydi Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati rahbari Ibrohimjon Yuldashev. – Olgan bilim va ma’lumotlarimiz shubhasiz, kelgusi faoliyatimizni yanada samarali olib borishda yordam beradi.  

Shundan so‘ng ishtirokchilarning turli holatlarda o‘zini qanday tutishi, muammoli mavzularni yoritishda tashqi omil va ta’sirlarga berilmaslik, keng jamoatchilik vakillari bilan munosabatni shakllantirish masalalarida Andijon viloyati Psixologlar assotsiatsiyasi rahbari N. Asqarov tomonidan psixologik-trening o‘tkazildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘quv-seminari davomida olgan bilimlari bo‘yicha test sinovi topshirdi.  

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA