Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matbuot anjumani: to‘qqiz oylik yakunlari
16:40 / 2023-10-31

Jizzaxda viloyat sudi o‘tkazgan matbuot anjumanida 2023 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Viloyat ma’muriy sudi raisi Sarvarbek Rahmonov, viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi R.Orziqulov, viloyat sudi iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi J.Qahhorov hamda viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi S.Nabiyevning axborotlari tinglandi.  

Mamlakatimiz sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sudlar faoliyati sifat jihatdan yuqori bosqichga ko‘tarilganligi, qolaversa, sudlarga tashrif buyuruvchilar uchun ko‘plab qulayliklar yaratilganligi, sud binolari zamonaviy moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanayotganligi, shuningdek, sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish uchun zarur imkoniyatlar ham yaratilganligi ta’kidlandi.    

[gallery-14318]

– Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida viloyat, tuman (shahar) hokimlarining xatti-harakatlari va qarorlarini haqiqiy emas, deb topish yuzasidan 221 ta ariza kelib tushdi, – deydi Sarvarbek Rahmonov. – Arizalarning 82 tasi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘limlarining xatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan, 57 tasi kadastr agentligi organlari, 39 tasi davlat soliq xizmati organlari, 32 tasi majburiy ijro byurosi xodimlarining, 40 tasi boshqa davlat tashkiloti mansabdor shaxslarining qarorlari yuzasidan taqdim qilingan.  

2023 yilning o‘tgan davri davomida iqtisodiy sudda ko‘rilgan 10 ming 939 ta ishning asosiy qismi, jumladan, 1 ming 830 tasi kommunal xizmat ko‘rsatish shartnomasi, 562 tasi kredit shartnomasi, 742 tasi boshqa shartnomalardan kelib chiqqan nizolar, 621 tasi to‘lovga qobiliyatsiz deb topishga oid da’vo arizalari asosida ko‘rilgan ishlarni tashkil etgan.  

Shuningdek, 2023 yil 9 oyida da’vo tartibida ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlari nizo turi bo‘yicha tahlil qilinganda, kredit qarzdorligini undirishga oid ko‘rilgan ishlar 40,4 foizni, nikohdan ajratish haqidagi ishlar 14,9 foizni, oilaviy nizolar, nikohdan ajratish haqidagi da’volardan tashqari 12,8 foizni, mehnat nizolari  3,5 foizni, alohida tartibda ko‘riladigan ishlar 4,3 foizni, yer nizolari 3,1 foizni va  uy-joy bilan  bog‘liq nizolar 3,6 foizni tashkil etganligi ham aytildi.  

Anjuman so‘nggida jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi va kelgusida soha rivoji yo‘lida hamkorlikdagi ishlar ko‘lamini kengaytirishga kelishib olindi.  

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),  

O‘zA muxbirlari