Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matbuot anjumani qabul jarayonlariga bag‘ishlandi
18:02 / 2025-10-04

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonining yakunlari, yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida dastlab universitet rektori vazifasini bajaruvchi. O. Duysenbayev 2025-2026 o‘quv yiliga qabul jarayoni, abituriyentlar soni va ularning ijtimoiy tarkibi, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qamrov hamda qabul jarayonida shaffoflik va adolatni ta’minlash uchun ko‘rilgan choralar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni kengaytirish va korrupsion omillarning oldini olish universitet jamoasining asosiy vazifasi ekanligini ta’kidladi.

[gallery-25606]

Shundan so‘ng, qabul komissiyasi mas’ul kotibi I. Allambergenov so‘zga chiqib, abituriyentlarning test sinovlari va suhbat jarayonlari ochiq va adolatli o‘tkazilganini, barcha natijalar onlayn tizim orqali kuzatib borilganini ta’kidladi. U shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj abituriyentlar uchun ajratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S. Alauatdinov talabalar bilan ishlash tizimi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi rejalarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i K. Uteniyazov universitetda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida so‘z yuritdi.

Matbuot anjumani savol-javob tarzida davom etdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari qabul jarayonining yakunlari, yangi o‘quv yilidagi yangiliklar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha batafsil javob olishdi.  

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA