Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matbuot anjumani: natijalar va kelgusi rejalar belgilab olindi
12:20 / 2025-12-29

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va yosh jurnalistlar ishtirok etdi.

Anjumanda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev yil davomida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan muhim natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Ta’kidlanishicha, 2025 yilda viloyatda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida izchil islohotlar amalga oshirilib, qisqa muddatda salmoqli va barqaror natijalarga erishildi. Jumladan, malaka toifasiga ega pedagoglar ulushi 70,1 foizdan 72,3 foizga oshdi. Attestatsiya natijalariga ko‘ra, Buxoro viloyati 58,5 foiz ko‘rsatkich bilan respublikada 1-o‘rinni egalladi. Xorijiy tillar o‘qituvchilari orasida xalqaro va milliy sertifikatga ega pedagoglar ulushi 83 foizga yetdi.

Shuningdek, xorijiy davlatlardan jalb etilgan pedagoglar soni 52 nafarga yetdi. Rag‘batlantirish tizimi natijasida ming AQSH dollaridan yuqori maosh olayotgan o‘qituvchilar soni 981 nafarga yetdi. Maktablarda yangi baholash tizimi joriy etilgan ta’lim muassasalari soni 300 taga ko‘paydi.

Hududlarda “Jasorat maktablari”, robototexnika, dasturlash va “Mahorat xonalari” tashkil etilib, kasb-hunarga yo‘naltirilgan ta’lim amaliyoti kengaytirildi. Inklyuziv ta’lim 30 ta MTT va 103 ta maktabda joriy etildi. Xususiy maktablar soni 35 taga yetdi.

Maktabgacha ta’lim qamrovi 91,3 foizga oshdi. “Ilk rivojlanish markazlari” orqali 500 nafarga yaqin bola bepul ta’lim bilan qamrab olindi. 300 ta ta’lim muassasasida qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga soha mutaxassislari atroflicha javoblar berdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.