Vazirlar Mahkamasi “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Endi darslik va o‘quv-metodik majmualar sifati, ularni yaratish jarayoniga soha yutuqlarini qo‘llash, o‘quvchilar hayoti va sog‘ligi uchun xavfsiz, foydalanish uchun qulay bo‘lgan matbaa mahsulotlari ishlab chiqarish, ushbu faoliyatni texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha texnik reglament amalda bo‘ladi.
Reglamentga ko‘ra, maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus hamda professional ta’lim sohasida foydalaniladigan matbaa mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar, foydalanuvchilarning hayoti va sog‘ligini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, nashr etilayotgan darsliklar va o‘quv-metodik majmualar sifati ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. bugungi keskin raqabatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zA