English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mas’ullarning xatosi tufayli fuqarodan katta miqdorda noqonuniy boj undirildi
10:02 / 2022-08-22

Bosh Qomusimizning 53-moddasiga asosan bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

Ming afsuslar bo‘lsinki, mas’ullar tomonidan ba’zi hollarda fuqarolarning mulk huquqlarining buzilishi hamon davom etmoqda

Jumladan, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro Sh.T.ning o‘ziga tegishli bino davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi natijasida kompensatsiya to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yozgan shikoyati ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro Sh.T.ning Yashnobod tumani, xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan bino Toshkent shahar hokimining qarorlariga asosan buzilgan.

“BIZNES MUSTAQIL BAHO” MCHJning 2021 yil 3 avgustdagi hamda 6 avgustdagi ekspert xulosalariga ko‘ra, savdo do‘koni 2 mlrd. dan ortiq so‘mga baholangan.

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Qurilish-texnikaviy tadqiqotlar yuzasidan mutaxassis fikriga ko‘ra, Toshkent shahar, Yashnobod tumanida joylashgan savdo do‘konlari yuzasidan “BIZNES MUSTAQIL BAHO” MCHJning tomonidan berilgan 2021-yil 3-avgustdagi baholash hisobotlarida qo‘llanilgan sarf-xarajat va taqqoslash uslublari ilmiy asoslanganligi va mulkni baholashning milliy standartlariga va O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlariga mos kelishi to‘g‘risida xulosa berilgan.

Fuqaro Sh.T. mazkur masalada bir necha marotaba tegishli tashkilotlarga murojaat etishiga qaramay, to‘lanishi kerak bo‘lgan zarar summasi, ya’ni 2 mlrd. dan ortiq so‘m to‘lab berilmagan.

Yer kodeksining 39-moddasida yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning to‘lanishini talab qilish huquqiga egaligi belgilangan.

Shuningdek, Yer kodeksining 41-moddasiga muvofiq, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanishi kerak.

Qo‘shimcha sifatida, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi 1047-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga binoan, hududiy Kuzatuv kengashi ishchi organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida yetkazilgan zararni qoplashga mablag‘ ajratish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdimnoma kiritishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro Sh.T.ga yetkazilgan zararni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi va sudning 2022 yl 15 iyuldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi va Munitsipal aktivlarni boshqarish markazidan fuqaro Sh.T.ga yetkazilgan 2 mlrd. dan ortiq so‘m kompensatsiyani undirish belgilandi.

Shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida mazkur sud qaroriga asosan davlat foydasiga javobgarlardan 82 mln. so‘m davlat boji undirildi.

Sherzod Sharipov,

Toshkent shahar adliya

boshqarmasi mas’ul xodimi

O‘zA