Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mas’ullarga xabar berildi, ammo hamon natija yo‘q (+video)
20:09 / 2026-02-17

Bektemir tumani Zilola mahallasidagi ariq (lotok) ichida bir haftadan beri o‘lgan kuchuk yotibdi.

Ayni holat haqida mas’ullarga oldindan xabar berilgan. «Olamiz», deyishgan. Ammo oradan olti kun o‘tdi — natija yo‘q.

O‘lgan jonzot jasadi ustiga turli maishiy chiqindilar tashlangani natijasida atrof-muhit ifloslanib, hududda sassiq hid tarqalmoqda. Bu esa nafaqat sanitariya qoidalariga zid, balki aholi salomatligi uchun ham xavf tug‘dirmoqda.

Afsuski, ayrim obodonlashtirish xodimlarining ham beparvoligi kuzatilmoqda. Fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, ularga murojaat qilinganda, «ko‘nglim ayniydi», degan vaj bilan jasad olib tashlanmagan. Natijada lotokning boshqa qismlari tozalangan, ammo muammoning asosiy manbai e’tiborsiz qolgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hayvon jasadining ochiq muhitda qoldirilishi turli infeksiyalarning tarqalishiga, hasharotlar ko‘payishiga va atmosfera havosining ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Bu esa ekologik holatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur holat nafaqat mas’ul tashkilotlarning, balki ayrim fuqarolarning ham ekologik madaniyati yetarli emasligini ko‘rsatadi. Chiqindilarni belgilab qo‘yilmagan joylarga tashlash, o‘lik hayvon jasadini o‘z holicha qoldirish jamiyat salomatligiga nisbatan befarqlikdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mutasaddi idoralardan ushbu holatga zudlik bilan barham berish, o‘lik hayvon jasadini sanitariya qoidalariga muvofiq ravishda olib chiqib ketish va kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun qat’iy nazorat o‘rnatish so‘raladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FeCMG8cNwJA" title="Mas’ullarga xabar berildi, ammo hamon natija yo‘q" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Ulug‘bek To‘xtayev (montaj), O‘zA