Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mas’uliyatsiz rahbarlarning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi
17:35 / 2022-02-16

Sirdaryo viloyati prokurori Shoxruh Aminov rahbarligida Davlat dasturlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish, ushbu sohada yangi nazorat tizimini joriy etish yuzasidan shtab a’zolari hamda qurilishga mas’ul idoralar rahbarlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Prezidentimizning 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.  

2021 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2022 yilga mo‘ljallangan dasturlar ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, 2021 yilda qurilish sohasida yo‘l qo‘yilgan qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va byudjet mablag‘ining talon-taroj qilinganligi holatlari tanqid qilindi. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan va sovuqqon munosabatda bo‘lgan ayrim rahbarlarning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi belgilandi. 

Shu bilan bir qatorda, 2022 yilgi dasturlarni amalga oshirishda yuqoridagi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.  

Shuhrat Suyarov, O‘zA