Mas’uliyatsiz ota jazoga tortildi
Boyovut tumanida voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota javobgarlikka tortildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sud qaroriga asosan B.Boboyevdan aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati chiqarilgan edi. Majburiy ijro byurosi otaga e’tibor qaratgan va boshlang‘ich chora sifatida 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Biroq jazo o‘tganidan keyin ham ota farzandini ta’minlashdan bo‘yin tovlashni davom ettirgan.
Qidiruvdan so‘ng B.Boboyev topildi va davlat ijrochisiga topshirildi. Tekshiruvlar natijasida uning aliment qarzi 79,6 mln so‘m ekani ma’lum bo‘ldi. Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va sudga yuborildi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri