Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mas’uliyatsiz mutasaddilar yoxud ichimlik suvi isrofiga kim javob beradi?
12:39 / 2024-12-14

FOTO-VIDEOTANQID

Ichimlik suvi butun dunyoda, xususan, tobora qurg‘oqchilik xavfi ortib borayotgan bizning mintaqamizda ham tobora tanqis ne’matga aylanmoqda. Ming afsuski, bu haqiqatni  anglab yetmaganlar ham oramizda bor.  

E’tiboringizni Jizzax shahridagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi korxona-tashkilotlarni ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan trassa quvurlariga qaratmoqchimiz. Ushbu suv trassasi “O‘zsuvta’minot” AJ tasarrufidagi “Jizzaxsuvta’minot” korxonasiga qarashli. Ayni kunda mazkur suv  trassasida bir nechta nuqtada quvurlar teshilib, ichimlik suvi isrof bo‘lmoqda.  

– Bu borada tegishli tashkilotlarga murojaat qilaverib, charchadik, – deydi hududga yaqin bo‘lgan Arishli qishlog‘i oqsoqoli Saydulla Aliqulov. – Kuniga tonnalab suv isrof bo‘lmoqda. Lekin uyingizda bir tomchi suvni maqsadsiz ishlatsangiz, jarimaga tortilasiz. Bu yerda esa to‘rt yildan buyon shu ahvolda ichimlik suvi oqib yotibdi. Nazoratchilardan tortib idora rahbarigacha xabari bor. Lekin e’tibor berishmayapti.

Umid qilamizki, tegishli tashkilot mas’ullari tez kunda mazkur muammoni bartaraf etishadi. Axir tiriklik manbai – obi hayotni isrof qilish nainki huquqbuzarlik, balki gunoh hamdir.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/4JSA0UJD0S8?si=MNduNPdZBu8JIC6G" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jamshid YORBEKOV(surat,video),O‘zA