Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasi amalga oshirilmoqda
15:52 / 2025-03-17

AOKAda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Hamid Abdurahmonov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti soha olimlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda “Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasini ishlab chiqdi. Loyihaning asosiy maqsadi yosh oilalarga mas’uliyatli ota-onalik mezonlarini o‘rgatish orqali sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash tizimini takomillashtirishdan iborat.

Loyiha doirasida mas’uliyatli ota-onalik mezonlari ishlab chiqildi. Ota-onalarga mo‘ljallangan “Ota-onalikka tayyorgarlik”, “Ota-onaning reproduktiv salomatligi”, “Ota-onaning pedagogik-psixologik malakalari”, “Ota-onaning iqtisodiy bilimdonligi” va “Oilaning ma’naviy-axloqiy muhiti” nomli uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi. Ota-onalarni mas’uliyatli ota-onalikka o‘rgatish bo‘yicha “Mas’uliyatli ota-onalik” nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilindi va bugungi kunda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish bo‘limlari hamda oila va xotin-qizlar maskanlariga yetkazish choralari ko‘rilmoqda.  

“Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasi 3 bosqichda amalga oshiriladi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutida trenerlarni tayyorlashga qaratilgan 2 kunlik o‘qishlar tashkil etiladi. Trenerlar institut tomonidan tayyorlangan tarqatma materiallar va trening modullari bilan ta’minlanadi. Mas’uliyatli ota-onalik mezonlari bo‘yicha 8 ta videodars tasvirga olinib, mas’uliyatli ota-onalikni pozitiv va muammoni ivent yondashuv asosida ochib beruvchi podkast, audio va video rilz hamda ijtimoiy roliklar tayyorlanmoqda.  

Oilalarga qulaylik yaratish maqsadida institut tomonidan “Mas’uliyatli ota-onalik” veb-sayti va mobil ilovasi yaratiladi. Veb-saytga videodarslar, o‘quv-uslubiy majmua, uslubiy qo‘llanmalar hamda ijtimoiy videorolik joylashtiriladi. Elektron platforma orqali “Mas’uliyatli ota-onalik” kursini muvaffaqiyatli tamomlagan oilalarga Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining ijtimoiy sertifikatini berish tizimi joriy qilinadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA