Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mas’uliyat va javobgarlikni yanada oshirish zarur
13:22 / 2021-10-30

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlar, sektor rahbarlari, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tegishli boshqarma va tashkilot mutasaddilari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibiga ko‘ra, sessiyada deputatlar tomonidan 9 ta masala ko‘rib chiqildi. Dastlab, Prezidentimizning 2020 yil 1 maydagi “Xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Fayziyev axborot berdi.

Qayd etilganidek, viloyat hududiy eksport rejasi ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar va amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yilning yanvar-avgust oylarida 467,5 million dollarlik mahsulotlar va xizmatlar eksporti amalga oshirilib, belgilangan prognoz 106,8 foizga bajarilgan. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan 50,7 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Hududiy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 2021 yil 1 avgust holatiga 7 trillion 898,2 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, hisobot davrida ushbu ko‘rsatkich 10 trillion 406,8 milliard so‘mni yoki o‘tgan oyning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati (amaldagi narxlarda) 131,8 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi joriy yilning 1 sentyabr holatiga 16,8 million so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (2020 yil 1 sentyabr 13,6 mln.so‘m) 126,2 foizga o‘sish sur’ati ta’minlangan.

Shundan so‘ng sessiyada viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Tohir Aripov tomonidan hududda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi

Xususan, 2021 yilning 20 oktyabr kuniga qadar xotin-qizlar bilan bog‘liq holatda ko‘rib chiqilgan 5 ming 887 ta fuqarolik va ma’muriy ishlarning ishtirokchilari bo‘lgan, nizolashayotgan 413 ta oila o‘rganilib, ulardagi 291 ta muammolar bartaraf etilgan. Shuningdek, 133 nafariga himoya orderlari berilgan.

Joylarda o‘tkazilgan mehnat yarmarkalari tufayli 1 ming 358 nafar ilgari sudlangan shaxslar ish bilan ta’minlash bo‘yicha bandlik bo‘limlariga yo‘llanmalar berilib, 933 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi. Profilaktika inspektorlarining har oy yakuni bo‘yicha jinoyatchilik holatini halq oldida hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2021 yilning avgust oyida 911 nafar, sentyabr oyida 923 nafar profilaktika inspektorlari xalq oldida hisobot berishlari ta’minlandi. Tezkor-profilaktik tadbirlar orqali 9 oyda sodir etilgan jinoyatlarning 92,7 foizi fosh etilishiga erishildi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan sessiyada shu paytgacha erishilgan natijalardan tegishli xulosa chiqargan holda, kelgusi rejalar atroflicha muhokama qilindi. Bu jarayonda barcha davlat tashkilotlari mutaxassislarining mas’uliyat va javobgarligini oshirish lozimligi aytib o‘tildi. Ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

A.Musayev,O‘zA