Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Masofaviy taʼlim texnologiyalari talabalar uchun qulaylik yaratmoqda
17:08 / 2020-04-12

Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filialida ham masofaviy oʻqitish orqali taʼlim jarayoni tashkillashtirilmoqda.


Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filialida ham masofaviy oʻqitish orqali taʼlim jarayoni tashkillashtirilmoqda.

Shu maqsadda masofaviy taʼlim platformasini joriy qilish va foydalanishni tashkil etish, elektron oʻquv resurslarni talab darajasida ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzildi. Filialning https://talim.sbtsul.uz masofaviy taʼlim platformasi yaratildi. Elektron tizimi yordamida oraliq va yakuniy nazorat ishlarini onlayn tarzda elektron shaklda qabul qilish mexanizmi ishga tushirildi.

Kafedralar kesimida tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan fanlarning elektron oʻquv resurslarini ishlab chiqish boʻyicha haftalik muddatni oʻz ichiga olgan reja-grafiklar ishlab chiqildi hamda mazkur reja-grafiklar asosida fanlarning elektron oʻquv resurslari tayyorlanib, platformaga joylashtirilmoqda.

Mazkur elektron oʻquv resurslarini Filialning har bir fan doirasida ochilgan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari (Telegram, Zoom va boshqalar)dan foydalangan holda talabalarga yetkazish va filialda joriy qilingan masofaviy taʼlim platformasiga ishchi guruh bilan hamkorlikda joylashtirib borish ishlari amalga oshirilmoqda.

Masofaviy taʼlim platformasidan foydalanishni taʼminlash borasida masʼullar biriktirildi. Shuningdek, tizimda barcha maʼlumotlarni doimiy va uzoq muddat davomida saqlanishini taʼminlash choralari koʻrildi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, yangi masofaviy taʼlim patformasi bir qator qulayliklarga ega boʻlib, talabaning mustaqil bilim olishini yana-da ragʻbatlantiradi. Xususan, tizim orqali talaba oraliq va yakuniy nazorat ishlarini elektron tarzda topshirishi, nazorat ishlari tizim tomonidan avtomatik tarzda shifrlanishi, shifrlangan ishlar professor-oʻkituvchilar tomonidan elektron holatda tekshirilishi va baholanishi, shuningdek baholangan ishlar boʻyicha taqriz (qoʻyilgan ballarga izoh)yozilishi va har bir talaba oʻzining reyting balli va ball uchun berilgan izoh bilan bevosita tanishishi uchun imkoniyat yaratildi. Bu esa talabaning oʻz kamchiliklarini bartaraf etishida qoʻl kelishi barobarida, taʼlim nazorati shaffofligini ham taʼminlaydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 27-martda qabul qilingan “Oliy taʼlim muassasalarida masofaviy taʼlimni joriy etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga koʻra respublikamizdagi mavjud OTMlar masofaviy oʻqitish texnologiyalarini yaratish va ishga tushirish yuzasidan ishlarni boshlagan.