Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Masofaviy elektron deklaratsiyalash": tadbirkorlar uzog‘ini yaqin qilmoqda
14:43 / 2022-10-24

Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarni, ayniqsa, eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash, samarali faoliyat yuritishlariga ko‘maklashish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Andijon viloyatida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik yaratilganligi fikrimizga bir misoldir. Endilikda tadbirkorlar bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun tegishli idoraga kelishlari shart emas. Bojxona deklaratsiyasi bilan bog‘liq jarayonlar masofada turib bajarilmoqda.  

“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postida ayni paytga qadar 23 mingga yaqin bojxona deklaratsiyalari elektron shaklda rasmiylashtirildi. Bu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan o‘zaro munosabatlarda manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsion holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, tadbirkorlarning qimmatli vaqti tejalmoqda, uzog‘i yaqin bo‘lmoqda.

Ta’kidlash kerakki hozirga qadar Andijon viloyati tadbirkorlari tomonidan xorijga eksport qilingan 27 million AQSH dollari miqdoridagi 94 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsuloti aksariyat qismining bojxona deklaratsiya hujjatlari aynan Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona posti orqali amalga oshirildi.

F.Ubaydullayev, O‘zA