Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Masofalar uzoq, ko‘ngillar yaqin
15:20 / 2024-12-16

Buxoro viloyati Peshku tumani tarkibidagi “Jongeldi” mahalla fuqarolar yig‘inida “Safron”, “Qal’a Ota” va “Jongeldi” qishloq ovullari bo‘lib, unda qozoq millatiga mansub 800 nafarga yaqin aholi umrguzaronlik qiladi. Ovulda bitta maktab va uning filiallari, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, shuningdek, 10 o‘ringa mo‘ljallangan shifoxona va dorixona mavjud.

Markazdan 250 kilometr uzoqlikda joylashgan “Jongeldi” mahalla fuqarolar yig‘inidagi aholi asosan, keng yaylovlarda chorvachilik, yilqichilik, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib keladi.  

Qizilravot ovuli bugunda o‘n yil avvalgisidan tubdan farq qiladi. Buni ovul aholisi turmush tarzida yaqqol ko‘rish mumkin. 2021 yilda “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida mahalla aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, yaroqsiz elektr tarmoqlari hamda transformatorlarini, simyog‘ochlarini beton ustunga yangilash, yo‘l qurilishi kabi ishlar bajarilib, hudud qiyofasi o‘zgardi.  

Davlat dasturi doirasida hududdagi Qizilravot hamda Qizilqum qishloqlari ichki ko‘chalari asfalt qilindi. Elektr ta’minoti yaxshilanib, transformator ta’mirlandi. Shuningdek, 960 ta simyog‘och yangi beton ustunga almashtirilib, 102 ta simyog‘och yangilandi va mavjud 12 ta ko‘chaga yoritish chiroqlari o‘rnatildi.  

Bayram arafasida jongeldiliklar uchun asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Bundan ovulda yashovchilar yangi yil dasturxoni uchun arzon narxlardagi kundalik zarur qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish imkoniga ega bo‘ldi.  

Tuman hokimligi hamda “Peshku dehqon bozori” MCHJ tomonidan tashkil etilgan yarmarkada shakar, tuxum, kartoshka, piyoz, yog‘, guruch, meva-sabzavotlar va boshqa zarur oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxda yetkazilgani cho‘lquvarlarga xursandchilik ulashdi.    

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.