English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maskning “Twitter”ni sotib olishi AQSH prezidentlik sayloviga ta’sir qilishi mumkin
14:24 / 2022-04-26

Oq uy rasmiylari Ilon Maskning “Twitter” ijtimoiy tarmog‘ini sotib olishi 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlariga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda, — deb xabar bermoqda Amerikaning “CNBC” telekompaniyasi.

“CNBC” telekanali ma’lumotiga ko‘ra, prezident Jo Bayden ma’muriyati Ilon Mask “Twitter”da faoliyati taqiqlangan sobiq prezident Donald Trampning platformaga qaytishiga ruxsat berishidan xavotirda. Avvalroq “Twitter” tomonidan bloklangan Trampning partiyadoshlari ham ijtimoiy tarmoqqa qaytishlari mumkin. Bu holat AQSHdagi navbatdagi prezidentlik saylovi natijalariga ta’sir qilishi mumkin.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Ilon Mask kelishuvi haqidagi savolga izoh berishdan bosh tortdi.

Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden uzoq vaqtdan buyon ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, “Twitter”ning dezinformatsiyani tarqatish qobiliyati haqidagi xavotirlarini gapirgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu holatda ijtimoiy tarmoqlar javobgarlikka tortilishi kerak.

Allaqachon Donald Tramp “Twitter”ga qaytmasligini aytgan. U o‘zi asos solgan “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida qolishini ma’lum qildi. Biroq Tramp atrofidagilar siyosatchi hali ham blokirovkadan oldin 88 million obunachi bo‘lgan “Twitter”ga qaytishiga umid qilmoqda.

Ilon Maskning o‘zi allaqachon platformani sotib olish bo‘yicha bayonot bergan.

– Erkin so‘z – amaldagi demokratiyaning asosi, “Twitter” esa raqamli shahar maydoni bo‘lib, unda insoniyat kelajagi uchun muhim masalalar muhokama qilinadi, – dedi Mask.