Mask: Yer yuzida tug‘ilish kamligining oqibati yomon bo‘ladi
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask tug‘ilish darajasi Yer yuzining, deyarli, hamma joyida juda past ekani, agar vaziyat o‘zgarmasa, butun madaniyatlar, mamlakatlar yo‘q bo‘lib ketishi ehtimoli mavjudligidan ogohlantirdi. Avvalroq u Xitoyning kelajakdagi asosiy muammosi aynan demografiya inqirozi bo‘lishini aytgandi.
- Aholi soni qisqarishi Xitoyning o‘ta jiddiy, uzoq muddatli muammosidir, - deb yozgandi milliarder. - Bu Yer yuzidagi barcha mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, Mask dekabr oyida yer yuzi bo‘ylab tug‘ilish sezilarli darajada kamayganini insoniyat duch kelgan eng xavfli tahdid, deb atadi.
Ma’lumki, mashhur ishbilarmon anchadan buyon insoniyat demografiya muammosiga duch kelayotganiga e’tibor qaratib keladi.
S.Rahimov, O‘zA