Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mask: Yangi partiya tuzish kerak
10:39 / 2025-07-02

Tadbirkor Ilon Mask Prezident Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan qonun loyihasidan norozi bo‘lib, AQSHda haqiqatan xalq uchun qayg‘uradigan yangi siyosiy partiya tuzish zarurligini ta’kidladi. U ayni dam mamlakat “bir partiyali”ligini eslatdi.

– Qarz chegarasini rekord darajada – 5 trillion dollarga chiqaradigan ushbu qonun loyihasi asosida kutilayotgan, aqlga sig‘maydigan sarf-xarajat tufayli biz bir partiyaviy mamlakatda yashayotganimiz ayon bo‘lmoqda, –deb yozgan milliarder ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Xalqni chinakam o‘ylaydigan yangi siyosiy partiya tuzish vaqti keldi.

Avvalroq Mask shu haqda so‘rovnoma e’lon qilgandi. Atigi 24 soat ichida 5,6 milliondan ko‘p odam ishtirok etgan tadqiqotda taklifni

respondentlarning 80,4 foizi yoqlab chiqqan. May oyida Kongress quyi palatasi Tramp tomonidan taqdim etilgan, “federal xarajatni qisqartirib, muhim soliq imtiyozi yaratadigan “yagona, katta va chiroyli” qonun loyihasini qabul qildi.

Endi ham byudjet taqchilligi, ham davlat qarzi oshadi, degandi o‘shanda Byudjet boshqarmasi. Mask ushbu hujjatni bir necha bor tanqid qilgan. Xususan, avvalroq buning natijasida Qo‘shma Shtatlar byudjeti taqchilligi 2,5 trillion dollargacha o‘sishi, Amerika fuqarolari chidab bo‘lmas darajada qarzga duch kelishini ta’kidlagan.

Tahlilchilar fikricha, respublikachilar va demokratlar qarz shiftini oshirish borasida kelisholmasa, mamlakat avgust oyigacha defolt yoqasida turib qolishi mumkin. Qarz olish limitini oshirish masalasi so‘nggi yillarda Kongressdagi ikki partiya o‘rtasida tez-tez siyosiy tortishuvni yuzaga keltirmoqda.

S.Rahimov, O‘zA