Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mask Twitterga ega bo‘ldi, oldingi rahbariyat kompaniyani tark etdi
10:03 / 2022-10-28

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Twitter rahbari bo‘ldi, deb ma’lum qildi SNBC telekanali.

"Twitter kompaniyasining bosh direktori  Parag Agraval va moliyaviy rahbari Ned Segal kompaniyaning San-Fransiskodagi  qarorgohini tark etdi va endi qaytib kelmaydi", – deya ta’kidladi telekanal.

Xabarda aytilishicha, yangi xo‘jayin ijtimoiy tarmoq rahbarligini qabul qilib olgan.

"Endi Twitterning rahbari Ilon Mask", – deya ta’kidlanadi xabarda.

Maskning Twitterni 44 milliard dollarga xarid qilish bo‘yicha oldi-sotti ishlari juma kuni nihoyasiga yetishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa, kompaniya tadbirkorga nisbatan sud jarayonini boshlashi mumkin.