French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mask Twitter islohotini sivilizatsiya kelajagi uchun jang deb atadi
14:47 / 2022-11-29

Twitter rahbari Ilon Mask ijtimoiy tarmoqni isloh qilishga urinishlarini "Sivilizatsiya kelajagi uchun jang", deb atadi. "Bu sivilizatsiya kelajagi uchun ketayotgan kurash. Agar so‘z erkinligi hatto Amerikada ham qo‘ldan boy berilsa, oldinda bizni faqat zulm kutadi", – deb yozdi u Twitterda.

Mask shu yo‘l bilan foydalanuvchilardan biri joylagan postga izoh berdi. Ushbu foydalanuvchi so‘l ommaviy axborot vositalari va texnologik gigantlarni tarmoqlarni to‘liq nazoratiga olishga urinayotganlikda ayblab, Twitterning yangi rahbariyatini so‘z erkinligini joriy qilishga urinayotgan "keng ko‘lamli immun javob", deb baholagan edi.

Mask Twitterni sotib olgandan keyin ijtimoiy tarmoqning tahrir siyosatini qayta ko‘rib chiqishini ma’lum qilgandi.