French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mask tarixda 500 milliard dollar to‘plagan birinchi odam
21:54 / 2025-10-02

Ilon Mask insoniyat tarixida boyligi 500 milliard dollardan oshgan birinchi shaxsga aylandi. Dekabr oyida boyligi 400 milliard dollardan oshgan ilk milliarder nomini olgan Mask ikkinchi o‘rindagi Larri Ellisondan ancha ilgarilab ketdi. Shu tariqa u birinchi trillioner maqomi sari yo‘lining yarmiga yetdi.

“Tesla” aksiyasi kecha qariyb 4 foiz qimmatlashdi va Ilonning boyligiga 9,3 milliard dollar qo‘shildi. Kompaniyaning aprel oyidagi daromadi bo‘yicha chiqishida u biznesga ko‘proq vaqt ajratish uchun Prezident Tramp ma’muriyatidagi Hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimini tark etgan edi. Shundan buyon elektromobil ishlab chiqaruvchi bu korxonaning aksiyasi narxi ikki karra oshdi. Bozor kapitallashuvi dekabr oyida erishilgan barcha davrlardagi eng yuqori ko‘rsatkichning 10 foiziga qaytganda kompaniyadagi 12 foiz ulush hozir 191 milliard dollarga teng.

Qayd etilishicha, “Tesla” Mask boyligining yagona manbasi emas. Uning 2002 yil tashkil etilgan raketa-fazo kompaniyasi – “SpaceX” avgust oyi xususiy tender taklifida 400 milliard dollarga baholandi. Ilon bu korxonaning 42 foiz sohibi sifatida 168 milliard dollarga ega.

Bundan tashqari Mask mart oyida yangi sun’iy intellekt kompaniyasi – “xAI”ni 2022 yil sotib olgan X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq “Twitter”) bilan birlashtirdi. Mazkur uyushmaning qiymati ayni payt 113 milliard dollar. Mask “xAI” xoldingining taxminan 53 foizini boshqaradi – 60 milliard dollar. Agar shu sur’at davom etsa, Mask 2033 yil martigacha dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.

G.Sattorova, O‘zA