Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mask SpaceX va xAI kompaniyalarini birlashtirdi
13:38 / 2026-02-03

Amerikalik multimilliarder Ilon Mask o‘ziga qarashli fazoviy texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi “SpaceX” kompaniyasini sun’iy intellekt sohasiga ixtisoslashgan “xAI” bilan birlashtirganini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya bayonotida ma’lum qilindi.

Ayni jarayonda “xAI” sun’iy intellekt ishlanmalari “SpaceX” loyihalariga integratsiya qilinadi. Jumladan, koinotda hisoblash markazi barpo etiladi. Ushbu majmuaning ulkan energiya ehtiyoji Quyosh energiyasi hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirkor ta’kidlashicha, bunday yondashuv Oyda o‘zini o‘zi kengaytira oladigan bazalar barpo etish, Marsda butun boshli sivilizatsiya shakllantirishga xizmat qiladi.

D.Hakimov, O‘zA