Mask Oyda qurayotgan shahar qanday yashaydi?
“SpaceX” asoschisi Ilon Mask keyingi o‘n yil ichida barpo etishni va’da qilgan Oydagi shahar quyosh energiyasi bilan ishlashini aytdi. Ma’lumki, milliarder dushanba kuni kelgusi o‘n yilliklarda Oy va Marsda shaharlar qurish, dastlab Yerning sun’iy yo‘ldoshiga e’tibor qaratish rejasini e’lon qildi. Uning aniqlik kiritishicha, “SpaceX” allaqachon Oyda o‘zini o‘zi ta’minlaydigan shahar qurishga e’tibor qaratgan, bunga o‘n yildan kamroq vaqtda erishish mumkin. Shuningdek, kompaniya Mars sayyorasida shahar tiklash maqsadidan ham voz kechmaganini ta’kidlab, ayni yo‘nalishda taxminan 5-7 yilda ish boshlanishini aytdi.
– Hech qanday yadroviy reaktor kerak emas, faqat quyosh energiyasi va batareyalar, – deb yozgan u ijtimoiy media platformasida foydalanuvchi savoliga javob berarkan.
S.Rahimov, O‘zA